Yangiliklar
Neft qazib olish va qayta ishlash majmualarida sun’iy intellektdan foydalanish taklifi ilgari surildi
“O‘zbekneftgaz” AJda Rossiyaning Tomsk viloyati gubernatori o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maqsad – sanoatga innovatsion texnologiyalarni joriy etish.Tomsk viloyati delegatsiyasi aʼzolari neft qazib olish va qayta ishlash majmualarining murakkab jarayonlarida sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha oʻz takliflarini bildirishdi.
Hamkorlik doirasida tajriba almashish, maxsus kurs va seminarlar tashkil etish orqali mutaxassislarning malakasini oshirish masalalari ham muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlik bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishga kelishib oldilar. Unda ikki tomonlama loyihalarni amalga oshirish, ta’lim va ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlik qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha aniq qadamlar belgilab beriladi.