29- Xalqaro «Ozbekiston neft va gazi – OGU 2027» korgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2027, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Ishtirok etishning afzalliklari

OGU ko‘rgazmasi neft-gaz sanoati forumlari orasida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo neft-gaz sanoati uchun eng ta’sirchan tadbir hisoblanadi.

Minglab mutaxassislar uchun OGU ko‘rgazmasi potentsial buyurtmachilar va yetkazib beruvchilar, rahbarlar, olimlar, O‘zbekiston yoqilg‘i-energetika kompleksi mutaxassislarining biznes-uchrashuvlari uchun eng yaxshi maydondir.

OGU har yili energiya resurslarini qazib olish, qayta ishlash, tashish, uskunalar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish sohalaridagi hamkorlarni bir joyga to‘playdi.

OGU eksponentlarga neft-gaz sanoatidagi yetakchi qaror qabul qiluvchilarga noyob kirish imkonini beradi va yangi biznes imkoniyatlarini yaratish, energetika sektori bo‘ylab mavjud aloqalar va tarmoqlarni mustahkamlash, istiqbolli biznes kelishuvlariga erishish uchun ideal maydondir. Har yili OGUda turli mamlakatlar energetika vazirlari, jahon yetakchilari hamda sohaning kelajakdagi rivojlanishini belgilaydigan qarorlar qabul qiluvchi kompaniya va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etadi.

OGU biznes platformasi bugungi ehtiyojlarga javob beradigan va energetika sektorining kelajakdagi rivojlanish yo‘nalishini belgilaydigan samarali professional muloqot va bilim almashinuvi uchun qulay shart-sharoit yaratadi. Bu yangi mahsulotlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, raqobatchilarni tahlil qilish, diler tarmoqlarini shakllantirish, eng so‘nggi uskunalar, texnologiyalar, mahsulotlarni ko‘rgazmali namoyish etish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatishga xizmat qiladi.

Tijorat ishtirokining raqamlarda samaradorligi:

  • 86%i o‘z ishtirokini ijobiy baholadi;
  • 78%i ko‘rgazmada yangi mijozlar va biznes hamkorlarini topdi;
  • 76%i mavjud mijozlari va hamkorlari bilan uchrashdi;
  • 70%i ko‘rgazmada ishtirok etishni do‘stlari, hamkasblari va hamkorlariga tavsiya qiladi.