27- Xalqaro «O’zbekiston neft va gazi – OGU 2025» ko’rgazmasi va anjumani

13 - 15 may 2025, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Stendlar qurilishi

Bosh quruvchi orqali individual stendni qurish.

Iteca Exhibitions individual loyihalar bo'yicha ko'rgazma stendlarini qurish tajribasi bilan faxrlanadi. Qurilish kompaniyaning rasmiy hamkori bo'lgan Bosh quruvchi "Kongress Servis" MChJ tomonidan amalga oshiriladi. Bosh quruvchining asosiy afzalliklari:

  • Stend yaratishda sizning barcha istaklaringiz va ko'rgazma maydoninig imkoniyatlarini inobatga olgan holda kreativ g'oyalar;
  • Shaxsiy so'rovlarni kompleks hal qilish, ya'ni, ko'rgazma maydonini ijaraga olish va qurish bilan bog'liq barcha tashkiliy masalalar bo'yicha faqat bitta kompaniya bilan ishlash;
  • Stendni loyihalash va qurish uchun raqobatbardosh narxlar;
  • Stend o'z vaqtida tayyor bo'lishiga 100% kafolat;
  • Montaj va ko'rgazma ishi paytida yuzaga keladigan har qanday muammolarni tezda hal qilish - kompaniyamiz menejerlari doimiy ravishda ko'rgazma majmuasi hududida hozirdirlar;
  • Xalqaro ko'rgazmalar markazida akkreditatsiya masalalarini hal qilish;
  • Konstruktiv, dekor, mebelni kerakli elementlarini tanlashda ko’mak;
  • Stendni qurish va keyinchalik demontaj qilish;
  • Texnik va mualliflik nazorat;
  • Ko'rgazmadagi ishingizni sezilarli darajada osonlashtiradigan va soddalashtiradigan, uni yanada qulay va samarali qiladigan juda ko'p foydali narsalar.

Agar sizda tayyor yechim bo'lsa, shunchaki loyiha yoki fotosuratni yuboring, biz imkon qadar tezroq smeta tayyorlaymiz.

Hamkorligimiz natijasida siz eksklyuziv ko'rgazma stendiga ega bo'lasiz – va u sizning ko'rgazmada va undan so’ngra muvaffaqiyatingiz kalitiga aylanadi!

Shaxsiy stendga buyurtma berish uchun ko'rgazmaning texnik bo'limiga murojaat qiling.

Uchinchi shaxslar orqali stendni eksklyuziv qurish

MUHIM! Quruvchini akkreditatsiyadan o'tkazish Quruvchi tomonidan taqdim etilgan ishchilari to'g'risidagi ma'lumotlarni, uning malakasini, maxsus ishlarni bajarish (balandlikda bajariladigan ishlar, elektrotexnik ishlar, maxsus qurilmalarda va/yoki maxsus asbob bilan bajariladigan ishlar va boshqalar) uchun zarur bo'lgan ruxsatnomalarni (sertifikatlar, litsenziyalar, ruxsatnomalar va boshqalar) tasdiqlovchi hujjatlar, Quruvchida maxsus qurilmalar va/yoki maxsus asboblarning mavjudligi, maxsus qurilmalar va/yoki maxsus asboblarning belgilangan talablarga muvofiqligi, Quruvchi ishchilarini maxsus kiyim va shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlaganligi, ishchilar xavfsizlik texnikasi, yong'in xavfsizligi bo'yicha instruktaj o'tganligi asosida amalga oshiriladi.

"O'zekspomarkaz" MKK AJning ko'rgazma maydonlarida Tashkilotchi tomonidan tashkil etiladigan va o'tkaziladigan ko'rgazmalarda stend va ekspozitsiyani montaj qilish va/yoki demontaj qilish uchun qo'shimcha vaqtiga akkreditatsiyasidan o'tgan vaqtda Quruvchilar tomonidan "O'zekspomarkaz" MKK AJga to’g’ridan to’g’ri to'lov qilinadi. Ayrim hollarda, Tashkilotchilar bilan kelishilgan holda yoki ularning to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatmasiga binoan, akkreditatsiyadan o'tkazishni ko'rgazma markazi amalga oshirishi mumkin.

Akkreditatsiyadan o'tgan Quruvchilar qo'shimcha xizmatlarga, shu jumladan, CAExda o'tkaziladigan ko'rgazmalarda Bosh quruvchidan montaj qilish, demontaj qilish va kirish kunlarida qo'shimcha vaqt taqdim etish bo'yicha xizmatlarga buyurtma berishadi va sotib olishadi. "O'zekspomarkaz" MKK AJdagi ko'rgazmalarda qo'shimcha montaj vaqti "O' zekspomarkaz" MKK AJda buyurtma qilinadi.

Quruvchini akkreditatsiyadan o'tkazish tartibi va shartlari to'g'risidagi ma'lumotlar so'rov bo'yicha CAExda o'tkazilgan ko'rgazmalardagi Bosh quruvchi tomonidan taqdim etiladi.