28- Xalqaro «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2026» ko`rgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Ishtirok etish imkoniyatlari

Ko'rgazmada ishtirok etish shakllari:

  • Pavilyon ichida ko'rgazma stendi bilan;
  • Ochiq maydonda joylashish;
  • Masofadan turib ishtirok etish;
  • Homiylik/Hamkorlik

Pavilyon ichida ko'rgazma stendi bilan (Standart jihozlangan stend):

Yopiq ko'rgazma maydoni, yig'ilgan devor panellari, friz yozuvi, gilam qoplamasi, mebel va kvadrat metrga qarab yoritishni o'z ichiga oladi. Standart stend komplektatsiyasi haqida ko'rgazmaning texnik qo'llanmasidan ma’lumot olishingiz mumkin.

Jihozlanmagan ko'rgazma maydoni:

Namunalarni namoyish etish uchun mo'ljallangan shartli ravishda belgilangan maydonni o'z ichiga oladi yoki ishtirokchi kompaniya tomonidan stendni mustaqil ravishda qurilishini anglatadi. Agar stend barpo etilishi quruvchi kompaniya tomonidan amalga oshirilsa, u texnik xavfsizligi choralariga binoan akkreditatsiyadan o'tishi shart. Mazkur joyning narxi devor, elektr, gilam qoplamasi, mebelni o'z ichiga olmaydi. Bunday holda tashkilotchilardan elektr energiyasini buyurtma qilish kerak bo'ladi.

Ochiq maydonda joylashish:

Katta o'lchamli eksponatlarni namoyish qilish uchun ko'rgazma pavilyonining yonida joylashgan shartli ravishda belgilangan maydonni o'z ichiga oladi.

Masofadan turib ishtirok etish:

Quyidagi shakllardan birini yoki barchasini nazarda tutadi: kompaniya haqidagi ma'lumotlarni ko'rgazmaning rasmiy katalogiga joylashtirish /reklama tuzilmalari/ bir promouterning ishi/ reklama va bosma materiallarni tarqatish.

Homiylik/Hamkorlik.

Ko'rgazma homiysi maqomi kompaniyaning muvaffaqiyati, mustahkamligi, alohida mavqei va keng imkoniyatlari bilan bog'liq. O'zingizning muvaffaqiyatingiz maqomini saqlab qolish, biznesingiz chegaralarini kengaytirish va maqsadli auditoriya e'tiborini brendingizga maksimal darajada jalb qilish va yangi sotuvlarni amalga oshirish uchun ko'rgazmalarimiz imkoniyatlaridan foydalaning. Biz turli homiylik va hamkorlik paketlarini taklif qilamiz. Optsiyalar ro'yxati alohida ko'rib chiqiladi, biz har doim ko'rgazma homiyligi doirasida sizning byudjetingiz, ehtiyojlaringiz va maqsadlaringizga mos keladigan maxsus imkoniyatlar masalasini muhokama qilishga tayyormiz.

Qo'shimcha ma'lumot va maxsus takliflar uchun tadbir tashkilotchilariga murojaat qiling.