Jurnalistlar akkreditatsiyasi
Iteca Exhibitions xalqaro ko’rgazmalar kompaniyasi tomonidan o'tkaziladigan ko'rgazma va anjumanlarga akkreditatsiyadan o'tish uchun kompaniya PR-menejeriga faks + (998 71) 237 22 72, yoki pr@iteca.uz elektron pochta orqali yozma so'rovnoma yuborishingiz kerak.
Diqqat!
Akkreditatsiya, nashrlar va saytlarda maqolalar, TVda syujetlarni namoyish etish MAJBURLIGI, ko'rgazma nomi va uning tashkilotchisi - Iteca Exhibitions nomini eslatish holatidagina taqdim etiladi.
Ro’yxatdan o’tgan jurnalistlar, Iteca Exhibitions kompaniyasiga ko’rgazma/anjuman haqida nashr etilgan materiallar/syujetlar nushalarini taqdim etishlari yoki ularning nashr qilingan yoki efirga uzatiladigan sanasini ma’lum qilishlari lozim.
Akkreditatsiyadan o’tgan va ko’rgazma/anjumanni yoritmagan OAV vakillariga kelgusida akkreditatsiya olishlarida rad javobi berilishi mumkin.
Reklama agentliklari va marketing bo’limlari xodimlari uchun akkreditatsiya taqdim etilmaydi.
Xorijiy OAV vakillari akkreditatsiya bo’lishi uchun O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining akkreditatsiya haqidagi guvohonomalarini taqdim etishlari lozim bo’ladi. O’zR TIVning akkreditatsiyasiga ega bo’lmagan jurnalistlar, ko’rgazma va anjumanlar ishida MATBUOT sifatida qatnasha olmaydilar.
Akkreditatsiyadan o’tmagan jurnalistlar ko’rgazmaning uchinchi ish kunida, umumiy tartibda, TASHRIF BUYURUVCHI sifatida kirishlari mumkin.
* belgilangan maydonlarni to’ldirilish lozim