27- Xalqaro «O’zbekiston neft va gazi – OGU 2025» ko’rgazmasi va anjumani

13 - 15 may 2025, CAEx Uzbekistan

Maxfiylik siyosati


Maxfiylik siyosati

Mazkur siyosatni diqqat bilan o'qing! Mazkur maxfiylik siyosati bilan tanishish va saytda shaxsiy ma'lumotlaringizni taqdim etish orqali siz unga rozilik bildirasiz.

1. Kirish

Mazkur maxfiylik siyosati "Iteca Exhibitions" MChJ (keyingi o'rinlarda "Iteca Exhibitions" deb yuritiladi) xorijiy korxonasining rasmiy hujjati bo'lib, "Iteca Exhibitions"ga tegishli barcha axborot resurslariga taalluqlidir: www.iteca.uz sayti, iteca.uz domenidagi ikkinchi darajali saytlari, shuningdek "ITECA Connect" mobil ilovasi).
Mazkur siyosatning sharti Iteca Exhibitions foydalanuvchi haqida Iteca Exhibitions axborot resurslarida bo'lgan vaqtida olishi mumkin bo'lgan va ma'lum bir foydalanuvchi bilan bog'lanishi mumkin bo'lgan barcha ma'lumotlarni qamrab oladi.

2. Shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash maqsadi

Iteca Exhibitions sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni Iteca Exhibitions tomonidan tashkil etiladigan ko'rgazmalar va boshqa tadbirlar to'g'risida sizni xabardor qilishga qaratilgan xizmatlar (servislar) bilan ta'minlash va ularga tashrif buyurish uchun qayta ishlaydi.

3. Shaxsga doir ma'lumotlarni to'plash va ulardan foydalanish

Iteca Exhibitions faqat ko'rgazmalarda va boshqa ko'rgazma tadbirlarida tashrifchi yoki ishtirokchi sifatida ro'yxatdan o'tish uchun zarur bo'lgan va siz ro'yxatdan o'tish shaklida yoki muayyan tadbir uchun ariza shartnomasida ko'rsatgan shaxsiy ma'lumotlarni to'playdi, jumladan:
F.I.Sh.;
Elektron pochta manzili;
Aloqa telefoni;
Siz ishlayotgan korxona nomi;
Lavozimi, kasbi, faoliyat turi:
Manzil.

4. Shaxsiy ma'lumotlarni oshkor qilish

Iteca Exhibitions foydalanuvchilar haqidagi shaxsiy ma'lumotlarni hech kimga sotmaydi yoki oshkor qilmaydi.

5. Shaxsiy ma'lumotlarni tahrirlash va o'chirish imkoniyati

Iteca Exhibitions foydalanuvchilarga istalgan vaqtda kompaniyaning elektron pochta manziliga elektron pochta xabarini yuborish yoki Iteca Exhibitions ofisiga pochta orqali so'rov yuborish orqali shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga roziligini aniqlashtirish yoki bekor qilish imkoniyatini beradi.

6. Uchinchi tomon saytlariga havolalar

Iteca Exhibitions saytlari uchinchi tomon saytlariga havolalarni taqdim etadi. Ushbu havolalar faqat ma'lumot xususiyatiga ega va Iteca Exhibitions ushbu saytlarda qabul qilingan shaxsiy ma'lumotlar siyosati uchun hech qanday javobgarlikni o'z zimmasiga olmaydi.

7. Saytda ma'lumotlarni avtomatik to'plash va qayta ishlash (Сookies)

Cookie-fayllar foydalanuvchi tomonidan ma'lumotlarni saqlash uchun foydalanuvchi kompyuterida saqlanadigan kichik matnli fayldir.
Iteca Exhibitions faqat internet-brauzerni yopganingizda yo'q qilinadigan sessiya cookie-fayllardan foydalanadi.

8. HTML-so'rovlar

Iteca Exhibitions HTML-so'rovi (kompyuteringizning saytga kirishi) orqali olingan ma'lumotlarni faqat statistik maqsadlarda va sayt ishlashini yaxshilash maqsadida qayta ishlaydi.

9. Maxfiylik siyosatidagi ma'lumotlarning o'zgarishi

Iteca Exhibitions maxfiylik siyosatiga o'zgartirishlar kiritishi mumkin. Agar sezilarli o'zgarishlar ro'y bersa, Iteca Exhibitions o'z foydalanuvchilariga xabar berish majburiyatini oladi.