29- Xalqaro «Ozbekiston neft va gazi – OGU 2027» korgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2027, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar (for all)

O‘zbekistonda paxta hosildorligi 56,2 s/ga ga yetdi

O‘zbekistonda 2026 yilda paxta hosildorligi, joriy ma’lumotlarga ko‘ra, gektariga 56,2 sentnerga yetdi. Bu 1990 yildan beri butun davr ichidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 890 ming gektar ekin maydonidan 5 mln. 2 ming tonna paxta yig‘ib olindi.

2025 yilda paxta 876 ming gektarda yetishtirildi, 3 mln. 986 ming tonna hosil olindi, hosildorlik gektariga 45,5 sentnerni tashkil etdi. Bir yil ichida ekin maydonlari 14 ming gektarga oshdi, yalpi yig‘im taxminan 1 mln 16 ming tonnaga ko‘paydi, hosildorlik esa 10,7 sentnerga ko‘tarildi. 2024 yilda 1 mln 4 ming gektardan 3 mln 181 ming tonna hosil olinib, hosildorlik 31,7 sentnerni tashkil etgan edi.

Joriy ma’lumotlarga ko‘ra, 2026 yildagi ishlab chiqarish hajmi ko‘rib chiqilayotgan butun davr bo‘yicha ikkinchi eng katta ko‘rsatkich bo‘ldi. Undan yuqori faqat 1990 yil ko‘rsatkichi — 5 mln. 58 ming tonna edi. O‘shanda paxta 1 mln. 830 ming gektarda yetishtirilgan, hosildorlik esa 27,6 sentnerni tashkil etgan. Demak, hozirgi yig‘im maydonlar ikki baravardan ko‘proq qisqargan bo‘lsa-da, hosildorlik taxminan ikki baravar oshgan holda 1990 yil darajasiga deyarli tenglashdi.

Paxta maydonlari umuman olganda butun davr davomida kamayib bordi: 1990 yildagi 1 mln. 830 ming gektardan 2000 yilda 1 mln. 377 mingga, 2010 yilda 1 mln. 318 mingga va 2020 yilda 1 mln. 34 mingga tushdi. Eng kichik maydon 2025 yilda qayd etilib, 876 ming gektarni tashkil etdi.

1990 yildan 2018 yilgacha hosildorlik gektariga 20,6 dan 27,6 sentnergacha bo‘lgan oraliqda tebranib turdi. Eng past ko‘rsatkich 2003 yilga to‘g‘ri keldi. 2019 yildan boshlab ko‘rsatkich osha boshladi: 2019 yilda 27,4 sentner, 2020 yilda 29,6, 2021 yilda 32,4, 2022 yilda 33,8 va 2023 yilda 36,6 sentner. 2025 yilgacha aynan shu oxirgi ko‘rsatkich statistika bo‘yicha eng yuqori bo‘lib qolgan edi.

Butun davr bo‘yicha eng kichik yalpi yig‘im 2018 yilda qayd etilgan: gektariga 21,6 sentner hosildorlik va 1 mln. 71 ming gektar ekin maydoni bilan 2 mln. 310 ming tonna.

Manba