27- Xalqaro «O’zbekiston neft va gazi – OGU 2025» ko’rgazmasi va anjumani

13 - 15 may 2025, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Yaponiyaning ITOCHU kompaniyasi oʻzbek-fransuz uran loyihasiga kirdi

Yaponiyaning ITOCHU korporatsiyasi Fransiyaning “Orano” va O‘zbekistonning “Navoyuran” kompaniyalari o‘rtasidagi uran bo‘yicha qo‘shma korxona “Nurlikum Mining” ulushini sotib oldi. Hamkorlik resurs bazasini ikki baravar oshirish uchun yangi konda uran qazib olishni maqsad qilgan.

O‘zbekiston va Fransiyaning uran loyihasiga Yaponiyadan yangi hamkor – ITOCHU korporatsiyasi kiradi.

ITOCHU Orano va davlatga qarashli Navoiyuran kompaniyasi oʻrtasidagi qoʻshma korxona Nurlikum Mining’ning minoritar ulushini sotib oldi, deb xabar berdi Fransiyaning Orano kompaniyasi. Ushbu bitimgacha Fransiya tomoni 51 foiz, O‘zbekiston tomoni 49 foiz ulushga egalik qilgan. ITOCHU kimning ulushini sotib olgani haqida xabar berilmagan.

“Ushbu yangi hamkorlik qoʻshma korxonaning soʻnggi yutuqlariga asoslanadi va barcha tomonlarning Janubiy Jengeldi konini oʻzlashtirishni davom ettirish majburiyatini aks ettiradi”, — deyiladi bayonotda.

Hamkorlar qo‘shma korxonaning foydali qazilma boyliklarini kamida ikki barobarga oshirishni maqsad qilgan holda konni qidirish ishlarini boshlashni rejalashtirmoqda.

Sertifikatlangan ma'lumotlarga ko'ra, kon 10 yildan ortiq vaqt davomida uran ishlab chiqarishni ta'minlashi mumkin, eng yuqori ishlab chiqarish hajmi yiliga 700 metrik tonna uranni tashkil qiladi.

Janubiy Jengeldi loyihasi O‘zbekiston hukumati bilan 2022-yilda imzolangan strategik shartnomada belgilangan Navoiyuran bilan kengroq hamkorlik dasturining bir qismidir.

Avval xabar qilinganidek, 12 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyevning Parijga davlat tashrifi doirasida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston-Fransiya biznes-forumi doirasida Navoiyuran va Orano oʻrtasida uran konlarini oʻzlashtirish va uran sanoatini rivojlantirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida yangi shartnoma imzolangan edi.

Hujjat uranni birgalikda qidirish va qazib olishni nazarda tutadi, shuningdek, atrof-muhit va xavfsizlik standartlariga rioya qilish, ish o'rinlari yaratish va mahalliy hamjamiyatlarni qo'llab-quvvatlash majburiyatlarini o'z ichiga oladi.

Shartnoma Janubiy Jengeldi uran konini sanoatlashtirish uchun asos yaratadi. U mavjud “Navoiyuron” ishlab chiqarish bazasiga birlashtirilib, uning operatoriga aylanadi.

“Navoiyuran” kompaniyasining maʼlum qilishicha, konni oʻzlashtirishning birinchi bosqichida 3 yil davomida kutilayotgan investitsiyalar hajmi 214 million dollarni, oʻrtacha yillik uran qazib olish hajmi esa 500 tonnani tashkil etishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 2019-yil dekabr oyidan buyon Oʻzbekistonda Fransiya yadro sanoati yetakchisi Orano (51%) va Davlat geologiya qoʻmitasi (49%) tomonidan tashkil etilgan Navoiy viloyatida uranni qidirish va qazib olish boʻyicha “Nurlikum Mining” qoʻshma korxonasi faoliyat yuritmoqda. Korxonaning resurs bazasiga “qumtosh” tipidagi uranning uchta istiqbolli hududi kiradi: Shimoliy va Janubiy Jengeldi va Yangiquduq.

2022-yil noyabr oyida Geologiya davlat qo‘mitasi, Navoiyuran va Fransiyaning Orano kompaniyasi o‘rtasida uran qazib olish va qayta ishlashni kengaytirish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolangan edi. O‘zbekiston “yadroviy yoqilg‘i qiymat zanjiri”da Fransiya modeliga e’tibor qaratmoqchi.

O‘shanda Orano bosh direktori Nikolas Meys “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, kelishuv “bir necha yuz million yevro” (dastlabki bosqichda – 50 million yevro) miqdoridagi investitsiyalar bilan besh yillik rivojlanish dasturini ko‘zda tutadi.

2023-yil noyabr oyida konchilik va geologiya vaziri Bobir Islomov Orano O‘zbekistonda uran qazib olish va qayta ishlashga 500 million dollargacha sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini ta’kidlagan edi. Unga ko‘ra, Navoiy viloyatidagi yana ikkita obektda geologiya-qidiruv ishlari olib boriladi.

Navoiyuron dunyodagi beshinchi yirik uran ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, barqaror va mas’uliyatli yadro yoqilg‘isini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Tabiiy uranni qazib olish va uran oksidiga qayta ishlashga ixtisoslashgan kompaniya eksport yetkazib berish orqali toza energiyaga global talabni qondiradi.

ITOCHU korporatsiyasi toʻqimachilik, mashinasozlik, metallar, minerallar, energetika, kimyo, oziq-ovqat, koʻchmas mulk, axborot texnologiyalari va moliya kabi turli sohalarda import, eksport va investitsiyalar bilan shugʻullanuvchi Yaponiyaning yetakchi savdo kompaniyalaridan biridir.

Manba