28- Xalqaro «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2026» ko`rgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

"Uzbekneftgaz" AJ va "XP-GROUP" uglevodorod qazib olish hajmini oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-Xalqaro ko‘rgazmasi va Xalqaro energetika forumi doirasida “Uzbekneftgaz” AJ hamda Fransiyaning “XP-GROUP” kompaniyasi rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida uglevodorod zaxiralari va qazib olish hajmini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya qilish, shuningdek, atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish strategiyalari muhokama qilindi.

Shuningdek, neft va gaz konlarining samaradorligi va barqarorligini oshirish maqsadida investitsiya kiritish hamda ilg‘or tajribalarni joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli va istiqbolli hamkorlikni boshlashga kelishib oldilar.

Manba