28- Xalqaro «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2026» ko`rgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

"Uzbekneftgaz" AJ va Schlumberger Ustyurt mintaqasidagi konlarni boshqarish bo‘yicha kelishuv imzoladilar.

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Uzbekneftgaz" AJ va Schlumberger kompaniyasi o‘rtasida Ustyurt mintaqasidagi konlarni boshqarish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

2025-yil 13–15-may kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” nomli 27-Xalqaro ko‘rgazma va konferensiya doirasida "Uzbekneftgaz" AJ (UNG) va xalqaro neftservis kompaniyasi Schlumberger (SLB) Ustyurt mintaqasidagi konlarni boshqarish bo‘yicha kelishuv (Field Management Agreement) imzoladilar.

Ushbu hujjat yangi hamkorlik formatini — loyihani boshqarish bo‘yicha qo‘shma jamoa (Joint Project Management Team) tuzishni nazarda tutadi. Bu jamoa barqaror rivojlanishga, qazib olish samaradorligini oshirishga va neft-gaz aktivlarini boshqarishda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan strategik vazifalarni bajarish uchun javobgar bo‘ladi.

Mazkur kelishuvning imzolanishi "Uzbekneftgaz" AJ va Schlumberger o‘rtasidagi sheriklik munosabatlarini mustahkamlashdagi muhim qadam bo‘lib, tomonlarning uzoq muddatli va texnologiyaga asoslangan hamkorlikka bo‘lgan o‘zaro manfaatini aks ettiradi. Yangi hamkorlik formati qarorlarni tezroq qabul qilish, eng yaxshi xalqaro tajribalarni joriy etish va texnologiyalar hamda bilimlar almashinuviga ko‘maklashadi.

Manba