27- Xalqaro «O’zbekiston neft va gazi – OGU 2025» ko’rgazmasi va anjumani

13 - 15 may 2025, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

OGU 2025: Toshkentda neft va gaz boʻyicha xalqaro muloqot

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” 27-xalqaro ko‘rgazmasi 2025-yilning 13-15-may kunlari O‘zbekiston energiya haftaligi – UEW 2025 doirasida yangi maydonda - Toshkent shahridagi CAEx Uzbekistanda bo‘lib o‘tadi.

Neft va gaz sohasi O‘zbekiston iqtisodiyotining drayverlaridan biri bo‘lib, mamlakat rahbariyati ushbu sektorga ustuvor ahamiyat qaratmoqda. Sohani tubdan modernizatsiya qilish, yangi konlarni qidirish va mavjudlarini o‘zlashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ekologiya va ishlab chiqarish xavfsizligi masalalariga ham katta e'tibor qaratilmoqda.

1997-yildan buyon sohaning flagman ko‘rgazmasi bo‘lib kelgan OGU ko‘rgazmasi nafaqat uskunalar va texnologiyalarni namoyish etish, balki yetakchi ishlab chiqaruvchilar va tog‘-kon sanoati korxonalari o‘rtasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi davlat organlari va ishbilarmon doiralari vakillari bilan samarali muloqot qilish uchun ham noyob maydondir.

An’anaga ko‘ra, ko‘rgazma doirasida neft va gaz bozorining yetakchi ishtirokchilari, nufuzli mahalliy va xorijiy ekspert va mutaxassislarni birlashtirgan Xalqaro neft va gaz konferensiyasi o‘tkazilmoqda.

Quyidagi 24 mamlakatdan 320 ta kompaniya Energetika haftaligi koʻrgazmalarining birlashgan ekspozitsiyasida o’z ishtirokini tasdiqladi: AQSh, Avstriya, BAA, Belarus Respublikasi, Eron, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Italiya, Koreya Respublikasi, Monako, Ozarbayjon, Polsha, Qozogʻiston, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Shveytsariya, Turkiya, Ukraina, Xitoy, Yaponiya, Oʻzbekiston. Germaniya va Turkiya kompaniyalari milliy pavilyon formatida ishtirok etadi, shuningdek, Belarus Respublikasi, Eron, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi va Rossiyaning jamoaviy ekspozitsiyalari ham namoyish etiladi.

Ishtirokchilarning 90 foizdan ortig‘ini xorijiy kompaniyalar tashkil etishi tadbirga bo‘lgan talab va qiziqishidan dalolatdir.

Ko'rgazma bo'limlari:
  • quduqlarni burg'ulash va o'zlashtirish
  • elektr-texnik jihozlar va xizmatlar
  • loyihalash, ishlab chiqarish ob'ektlari, qurilish
  • geologik qidiruv va xomashyo qazib olish
  • geofizik tadqiqotlar
  • davlat organlari, savdo va kasbiy tashkilotlar
  • mehnat xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi
  • neft kompaniyasi (IOC/NOC)
  • neft-gaz uskunalari
  • servis kompaniyalari va xizmatlar
  • neft va gazni tashish
  • neft konlari xizmatlari
  • truboprovodlar: qurilish, texnologiyalar, texnik xizmat ko'rsatish va ta'mirlash
  • ishlab chiqarish amaliyotlari
  • IT va telekommunikatsiyalar
  • klapanlar, nazorat-o'lchash asboblari va avtomatika
KO‘RGAZMA HOMIYLARI:


Tashkilotchi: Iteca Exhibitions va uning hamkori ICA Eurasia Group

Rasmiy komak:
  • O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo'mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • «O’zbekneftgaz» AJ
  • O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Bosh media-hamkor: O’ZBEKISTON NEFT VA GAZI jurnali

Onlayn ro'yxatdan o'tish quyidagi havolada mavjud: https://oilgas.uz/ru/posetitx-vstavku
Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions bilan bog'laning:
Email: oilgas@iteca.uz
Tel: + (998 71) 205 18 18, faks: + (998 71) 237 22 72
www.oilgas.uz