28- Xalqaro «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2026» ko`rgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Yubiley ko`rgazma mavsumi davom etmoqda: kuzda Iteca Exhibitions bilan

Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi bahorda o‘zining 30-yubiley ko‘rgazma mavsumini yuqori xalqaro standartlarga muvofiq o‘tkazilgan bir qator tadbirlar bilan ochdi. Ushbu tadbirlarda 69 mamlakatdan 74 mingdan ortiq tashrif buyuruvchini jamlagdi. Mavsum doirasida qurilish, neft-gaz sanoati va energetika, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik kabi muhim yo‘nalishlar bo‘yicha 12 ta mavzuli ko‘rgazma va uchta xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Tadbirlarda 52 davlatdan 2176 kompaniya, 183 spiker va 2652 delegat, shuningdek, 10 000 dan ortiq xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.

Tadbirlarning bir qismi ilk bor yangi maydon – CAEx Uzbekistanda o‘tkazildi va “Yangi Toshkent” va “Yangi O‘zbekiston” loyihalariga investorlar va tadbirkorlarning e’tiborini tortdi.

Bahor mavsumi Iteca Exhibitions kompaniyasining O‘zbekiston ko‘rgazma sanoatidagi yetakchi mavqeini va kompaniyaning Butunjahon ko‘rgazma sanoati assotsiatsiyasi (UFI) standartlariga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. Mustaqil UFI auditi natijalariga ko‘ra, mavsumning eng yirik ko‘rgazmalari – UzBuild va TIHE - yuqori xalqaro talablarga muvofiqligini tasdiqladi.

Bahor mavsumi yuqori sur'atlarni o'rnatdi: muvaffaqiyatli tadbirlar asosiy soha ishtirokchilarini birlashtirdi va kelgusi yil uchun rivojlanish yo'nalishlarini belgilab berdi. Oldinda voqealarga boy kuz mavsumi: sakkizta xalqaro ko'rgazma va bitta nufuzli forum. Barcha tadbirlar “O‘zekspomarkaz” MKMdagi an’anaviy maydonda bo‘lib o‘tadi.

Kuz mavsumini Global Textile Days deb nomlangan keng ko‘lamli loyiha ochadi. Haftalik “To‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari – CAITME 2025” 16-Markaziy Osiyo xalqaro ko‘rgazmasi, “To‘qimachilik va tikuvchilik sanoati – TextileExpo2025” 25-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi va voqealarga boy biznes dasturini birlashtiradi. Tadbirlar 2025-yil 9-11-sentabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKKning barcha ko‘rgazma maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

UFI mustaqil audit ma'lumotlariga ko'ra, CAITME ko’rgazmasi MDH mamlakatlaridagi shunga o'xshash tadbirlar orasida eng yirik ko’rgazma hisoblanadi va ko’lami bo’yicha Evroosiyo qit'asida ikkinchi o'rinda turadi. CAITME – tikuvchilik va to‘qimachilik mashinasozlik sohasidagi jahon ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlarini namoyish etish uchun noyob platformadir.

TextileExpo Uzbekistan koʻrgazmasi Oʻzbekistonda yiliga ikki marta oʻtkaziladigan kam sonli koʻrgazma tadbirlaridan biridir. Uning asosiy maqsadlaridan biri mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va eksportni rivojlantirishdan iborat. Ko‘rgazmaning amaliy nuqtai nazaridan muhim va juda qimmatli tarkibiy qismi bu “Bayerlar dasturi” bo‘lib, u har yili yaqin va uzoq xorijdagi ishlab chiqaruvchilar, ulgurji xaridorlar, riteylerlar, yetkazib beruvchilarni o‘ziga jalb etmoqda.

Global Textile Days doirasida bir maydonda ikkita to‘qimachilik ko’rgazmasini o‘tkazilishi to‘qimachilik va kiyim-kechak mahsulotlari sohasidagi so‘nggi trend va innovatsiyalar bilan tanishish uchun noyob imkoniyatlarni ochib beradi.

Shuningdek, tashrif buyuruvchilar ishlab chiqarishni rivojlantirish va bozorda raqobatbardosh o‘rinlarni mustahkamlash uchun zarur bo‘lgan eng yangi uskunalar va ilg‘or texnologiyalarni amalda ko‘rishlari mumkin.

Ko‘rgazma mavsumining muhim davomi 2025-yilning 23-25-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “Plastmassa sanoati – Plastex Uzbekistan 2025” 15-yubiley xalqaro ko‘rgazmasi hisoblanadi. Bu yil tadbir yangi bosqichga ko‘tarildi: ko‘rgazma kengaytirilgan formatda bo‘lib o‘tadi – , poligrafiya, qadoqlash, plastmassa va polimerlar sektorlarini birlashtirgan 4P Central Asia yangi bo‘limini o’z ichiga qamrab oladi. Bunday birlashtiruv ishtirokchilarning sinergiyasini ta'minlaydi va biznes uchun yanada ko'proq imkoniyatlar yaratadi.

7-9-oktyabr kunlari mavsumni “Isitish, ventilyatsiya, konditsionerlash, suv ta’minoti, santexnika, basseynlar, atrof-muhitni muhofaza qilish texnologiyalari va qayta tiklanuvchi energiya manbalari – Aquatherm® Tashkent 2025” 13-xalqaro ko‘rgazmasi davom ettiradi. Aquatherm® O‘zbekistonda ushbu sohadagi yetakchi ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma hisoblanadi. Qayd etish joizki, Aquatherm® Reed Messe Wien GmbH kompaniyasiga tegishli jahonga mashhur brend bo‘lib, uning doirasida dunyoning ko‘plab mamlakatlarida xuddi shunday ko‘rgazmalar o‘tkaziladi. O‘zbekistonda ushbu brenddan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yagona yuridik shaxs Iteca Exhibitions hisoblanadi.

2025-yilning 28–30-oktabr kunlari Iteca Exhibitions nafaqat O‘zbekistonda, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida tog‘-metallurgiya sanoatining yetakchi ko‘rgazma tadbirlaridan biri bo‘lgan “Tog‘-kon ishi, metallurgiya va metallsozlik – MiningMetals Uzbekistan 2025” 19-xalqaro ko‘rgazmasini taqdim etadi. Ko‘rgazma kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirishga texnik yordam ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi. Uning biznes-dasturining asosini Congresses of Central Asia – CCA hamkor kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan O‘zbekiston xalqaro kon-metallurgiya forumi – UIMF 2025 tashkil etadi. Forum anʼanaviy tarzda koʻrgazmaga ilmiy-amaliy qoʻshimcha boʻlib, yetakchi xalqaro ekspertlar tomonidan sohani rivojlantirish istiqbollari va tendentsiyalarini professional muloqot va baholash uchun oʻziga xos platforma hisoblanadi.

30-yubiley mavsumi 2025-yil 11-13-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan va kuzgi biznes taqvimining asosiy voqeasiga aylanadigan bir qator sanoat ko‘rgazmalari bilan yakunlanadi. Ushbu keng ko‘lamli tadbirlar bloki transport, xavfsizlik va innovatsion texnologiyalar sohasida tajriba almashish, yangi ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish va ilg‘or yechimlarni taqdim etish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.

“Transport va logistika – TransLogistica Uzbekistan 2025” 21-xalqaro ko‘rgazmasi yetkazib beruvchilar va ishlab chiqaruvchilarga transport va logistika sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalar va innovatsion yechimlardan noyob foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

“Umumiy xavfsizlik tizimlari — Securex Uzbekistan 2025” 16-xalqaro ko‘rgazmasi bazaviy signalizatsiya tizimlaridan tortib eng murakkab elektron qurilmalar va zamonaviy seyf mexanizmlarigacha bo‘lgan keng ko‘lamli yechimlarni taqdim etadi.

“Elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar– E-TechExpo 2025” 4-Xalqaro ko‘rgazmasi. 2022-yilda tashkil etilgan E-TechExpo elektrotexnika ko‘rgazmalari taqvimidan o‘z o‘rnini egallab, ko‘rgazma ishtirokchilari geografiyasini hamda har yili taqdim etilayotgan mahsulot va texnologiyalar assortimentini kengaytirmoqda.

30-yubiley kuz mavsumi arafasida Iteca Exhibitions yana bir bor o‘z missiyasini – O‘zbekistonning asosiy tarmoqlarini rivojlantirishning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lishni ta’kidlaydi. “Iteca Exhibitions va ICA Events O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi bilan faxrlanadi!” shiori ostida. kompaniya biznes, davlat organlari va professional hamjamiyatni birlashtirgan ishonchli hamkor sifatidagi maqomini tasdiqlaydi, bu esa kompaniyani mamlakat ko'rgazma sanoatining yetakchilaridan biriga aylantiradi.

An’anaga ko‘ra, kuzgi ko‘rgazma taqvimining barcha rejalashtirilgan tadbirlari yetakchi ekspertlar va novatorlarning uchrashuv joyiga aylanadi, bu yerda mustahkam hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi va yangi yilda biznesni jadal rivojlantirish uchun poydevor qo‘yiladi. Bu kompaniya uchun alohida o’rinni olgan yil yorqin premyeralar, biznes uchrashuvlar va yangiliklar taqdim etadi. Iteca Exhibitions tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar O‘zbekiston ishbilarmonlik hayotining ajralmas qismi bo‘lib, mahalliy biznesning jahon iqtisodiy jarayonlariga integratsiyalashuviga ko‘maklashish va yangi sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadi.
Iteca ko'rgazmalari – 30 yil Sizning biznesingiz dunyo bilan aloqada!

________________________
* Iteca Exhibitions 1995-yildan buyon O‘zbekistonda xalqaro ko‘rgazmalar tashkil etib keladi va Butunjahon ko‘rgazma sanoati uyushmasining (UFI) to‘liq a’zosi hisoblanadi.

** “Congresses of Central Asia – CCA” MChJ davlat idoralari va korporatsiyalar, uyushmalar, xususiy kompaniyalar va korxonalar tomonidan Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan xalqaro kongress va koʻrgazmalar tashkilotchisi hisoblanadi.

*** ICA Eurasia – Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yevropada xalqaro savdo ko‘rgazmalar va anjumanlarni yetakchi tashkilotchilaridan biri.