Yangiliklar
Yevropa eksport va savdo banki delegatsiyasi bilan muzokaralar olib borildi
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va Germaniyaning AKA Yevropa eksport-savdo banki bosh direktori M.Venrchik boshchiligidagi delegatsiyasi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.Uchrashuvda O‘zbekiston neft-gaz sanoatining asosiy yo‘nalishlari, ishlab chiqarish faoliyati, kompaniyaning sarmoyaviy ustuvor yo‘nalishlari va hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar, shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJning Yevropa tarkibiga ega amaldagi shartnomalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini ham ko‘rib chiqdilar.
Muzokaralar davomida “yashil” loyihalarni moliyalashtirishni jalb qilish shartlarini o‘rganishga qaror qilindi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad hamkorlikni kengaytirish, sarmoya jalb etish va foydali loyihalarni amalga oshirishdan iborat.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvlardan kelib chiqib, hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochilishi kutilmoqda.