28- Xalqaro «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2026» ko`rgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Yangi hamkorlar bilan kelishuvga erishildi

“KIOGE – 2024” 29-xalqaro neft va gaz koʻrgazmasi, konferensiyasi Qozogʻiston Energetika vazirligi, “KazMunayGaz” va “KAZENERGY” kompaniyalari rasmiy koʻmagida boʻlib oʻtdi. Ikki yilda bir marta o‘tkaziladigan ushbu tadbir energetika sohasidagi eng muhim tadbirlardan biridir.

Joriy yilda anjuman va ko‘rgazmada dunyoning 20 davlatidan yirik kompaniyalarning 340 dan ortiq vakillari ishtirok etib, yoqilg‘i-energetika, neft-gaz uskunalari, burg‘ulash texnologiyalari, sanoat xavfsizligi va mashinasozlik sohasidagi o‘zlarining yangi ishlanmalarini taqdim etdilar.

KIOGE – 2024 konferensiyasi doirasida energetika loyihalarini amalga oshirishda xalqaro hamkorlik mavzusiga bag‘ishlangan yalpi majlis bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ishchi guruhi ham faol ishtirok etib, qator davlat organlari va tadbirkorlik subyektlari bilan muhim uchrashuvlar o‘tkazdi.

“Sufa Technology Industry” va “Rosen Group” kompaniyalari bilan quvur mahsulotlari ishlab chiqarish, ularni bosim ostida sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish quvvatlarini ta’mirlash va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, “KazMunayGaz” va “KazakGaz” kompaniyalari vakillari bilan quduqlarni burgʻulash, gazni qayta ishlash, uglevodorodlarni qazib olish va yangi yoqilgʻi mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻnalishida hamkorlik qilish masalalari koʻrib chiqildi.

Shuningdek, ko‘rgazma davomida 2025-yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Energetika haftaligi doirasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlari, xususan, Kanada, Yevropa, Amerika kompaniyalari va moliya institutlarini qamrab olishni kengaytirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Xususan, CNPC, Sinopec, KazMunayKhim, Glensol, IPS va Kanadaning bir qator kompaniyalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Bu hamkorlik “O‘zbekneftgaz” AJ uchun xalqaro maydonda yangi imkoniyatlar ochishga xizmat qiladi.