28- Xalqaro «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2026» ko`rgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Xorijiy banklar bilan ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi

“O‘zbekneftgaz” AK delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida Standard Chartered, ICBC Standard Bank, Citi, Deutsche Bank, Barclays va MUFG banklari vakillari bilan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda yangi kredit mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida kompaniyaning so‘nggi korporativ yutuqlari va ishlab chiqarish natijalari, neft va gaz sanoatidagi tendentsiyalar, shuningdek, istiqboldagi ustuvor vazifalar va moliyalashtirishga bo‘lgan ehtiyojlar muhokama qilindi.

Banklar 2024-2025-yillarda “O‘zbekneftgaz” AJ faoliyatini moliyalashtirishda ishtirok etishga katta qiziqish bildirdi.

Sindikatlashtirilgan kreditni tashkil etish, qo'shimcha yevroobligatsiyalar chiqarish va xedjlash strategiyalari kabi turli moliyaviy vositalar taklif qilingan. Eksport-kredit agentligi (EKA) yoki ko‘p tomonlama investitsiyalarni kafolatlash agentligi (MIGA) asosidagi muqobil moliyalashtirish manbalari ham muhokama qilindi.

Neft-gaz sanoatining o‘ziga xos xususiyatlarini hamda ekologik, ijtimoiy va boshqaruv (ESG) maqsadlarini amalga oshirishni hisobga olgan holda chiqindilarni kamaytirish bo‘yicha loyihalarga alohida e’tibor qaratildi.