28- Xalqaro «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2026» ko`rgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Xalqaro investitsiya kompaniyalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

“O‘zbekneftgaz” AJda Fidelity Management & Research, Morgan Stanley Investment Management va Artisan Partners investitsiya kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishning asosiy mavzulari kompaniyaning so‘nggi korporativ yutuqlari, ishlab chiqarish faoliyati, soha yo‘nalishlari va kelajak uchun investitsiya ustuvorliklari bo‘ldi.
Ushbu uchrashuv nafaqat joriy yutuqlarni taqdim etish, balki Jamiyatning kelajakdagi rivojlanish istiqbollari va moliyaviy ehtiyojlari uchun ham muhim ahamiyatga ega edi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati jamoasi tomonidan joriy yilning oktyabr oyida London shahrida xalqaro reyting agentliklari, xorijiy banklar va yirik investorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilayotgani ta’kidlandi.

Bunday hamkorlik nafaqat kompaniyaning moliyaviy ko'rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi, balki yangi loyihalarni amalga oshirish uchun muhim rag'batga aylanadi.