29- Xalqaro «Ozbekiston neft va gazi – OGU 2027» korgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2027, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Ustyurtda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyiha yanada jadallashadi

Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish maqsadida yurtimizga kelgan Buyuk Britaniyaning British Petrolium (BP) kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Maykl Fidler
“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi Abdug‘ani Sanginov bilan uchrashdi.

Unda tomonlar Ustyurt mintaqasida amalga oshirilayotgan mahsulot taqsimotiga oid bitim (MTB) doirasidagi qo‘shma loyihalarning joriy holati va istiqbollarini muhokama qildilar.

Muzokaralar chog‘ida geologiya-qidiruv ishlarining borishi, geofizik ma’lumotlarni interpretatsiya qilish jarayonlarini jadallashtirish hamda 2026 yil yakuniga qadar quduq burg‘ilash ishlarini boshlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlar mazkur loyihaning strategik ahamiyatini ta’kidlab, uni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

“O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan loyihani samarali amalga oshirish uchun har tomonlama qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishi qayd etildi.

Manba