Yangiliklar
Qoraqalpog‘istonda sutkasiga 500 ming kub metrgacha debitga ega yangi gaz qudug‘i ochildi
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida «G‘arbiy Quyi Surgil» konida yangi 19-sonli quduqni burg‘ilash yakunlandi.4,5 ming metrdan ortiq chuqurlikdagi sinovlar natijasida mutaxassislar yuqori bosim ostida tabiiy gazning sanoat oqimini oldilar, deb xabar berdi «O‘zbekneftgaz».
Quduqning sutkalik debiti 400 mingdan 500 ming kub metrgacha gazni tashkil etdi. Murakkab geologik sharoitlarga qaramay, ishlar muvaffaqiyatli yakunlandi.
Manba