28- Xalqaro «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2026» ko`rgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

O`zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoni bilan ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish jarayonini ko`rib chiqdi

O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyun kuni O'zbekiston-Saudiya ishbilarmonlar kengashi hamraisi, "ACWA Power" kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayanni qabul qildi.

Saudiya Arabistoni kompaniyalari bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, shu jumladan qo'shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari "ACWA Power"bilan samarali hamkorlikni mamnuniyat bilan qayd etdi. "Yashil" texnologiyalar asosida mamlakatning energetika sektorini modernizatsiya qilishda kompaniyaning yetakchi roli ta'kidlandi.

Bugungi kunda joriy va istiqbolli loyihalar portfeli 17 milliarddan oshadi.

Saudiya kompaniyalarini biznes kengashi faoliyati doirasida mamlakatimizga jalb etish bo'yicha faol ishlarni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Aeroport infratuzilmasini rivojlantirish, energetika tarmog'ini rivojlantirish va raqamlashtirish, issiqlik ta'minoti tarmoqlarini modernizatsiya qilish, chiqindilarni qayta ishlash, farmatsevtika va to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, tibbiyot klinikalarini ochish, sayyohlik markazlarini tashkil etish, qishloq xo'jaligi loyihalarini ilgari surish va boshqa yo'nalishlarda qo'shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.