28- Xalqaro «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2026» ko`rgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

Ozarbayjon kompaniyasi bilan shartnoma imzolandi

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida Ozarbayjon davlat neft kompaniyasi SOCAR va “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rtasida Asosiy tamoyillar to‘g‘risidagi Bitimning tantanali imzolanishi bo‘lib o‘tdi.

Asosiy tamoyillar to‘g‘risidagi bitim neft-gaz sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirishga qaratilgan.
Tomonlar kelishuv qoidalarini amalga oshirish va hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha faol ish olib borishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
“O‘zbekneftgaz” AJ axborot xizmati