Yangiliklar
Guanchjouda O‘zbekistonning mustaqilligi va turistik salohiyati namoyish etilmoqda
Davlatimiz Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan jamoat transporti avtobuslari O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligi sharafiga bezatildi va bir oy davomida Xitoy megapolisining markaziy ko‘chalarida qatnaydi, deb xabar beradi “Dunyo” AA muxbiri.
Avtobuslarda mamlakatimizning qadimiy shaharlari, noyob me’moriy obidalari va turistik salohiyatini aks ettiruvchi tasvirlar joylashtirilgan.
“Visit Uzbekistan” yozuvi bilan uyg‘unlashgan 35 yillik mustaqillik ramzi keng jamoatchilik e’tiborini muhim tarixiy sanaga va O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosiga jalb etmoqda.
Guanchjou aholisi va mehmonlari ilk bor tashkil etilgan ushbu tadbirni ijobiy kutib oldilar hamda O‘zbekiston haqida qo‘shimcha ma’lumot olishga qiziqish ortib borayotganini ta’kidladilar. Bunday marketing kampaniyalari mamlakatimizning turistik imkoniyatlarini keng targ‘ib etishning o‘ziga xos va samarali usuli ekani qayd etildi.
Manba