29- Xalqaro «Ozbekiston neft va gazi – OGU 2027» korgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2027, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Yangiliklar

BAA bilan yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid masalalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Suhbat avvalida vazir davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, Bosh vazir va Dubay Amiri Shayx Muhammad Al Maktum, Vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayon va Abu Al-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Xolidning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

O‘zbekiston-BAA strategik sheriklik munosabatlari jadal rivojlanayotgani alohida ta’kidlandi.

Tovar ayirboshlash va investisiyalar hajmi, qo‘shma korxonalar soni ortib bormoqda. Beshinchi Toshkent investitsiya forumi doirasida BAA kompaniyalari bilan bir qator yangi shartnomalar imzolanishi kutilmoqda.

Yashil energiya, yoqilg‘i ishlab chiqarish, transport, logistika, sun’iy intellekt va raqamlashtirish kabi sohalarda yirik loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.



manba