28- Xalqaro «O`zbekiston neft va gazi – OGU 2026» ko`rgazmasi va anjumani

12 - 14 may 2026, CAEx Uzbekistan / Toshkent

Press-relizlar

Biznes va mintaqaviy muloqot O‘zbekiston energetika haftaligi doirasida  sa`y-harakatlarini birlashtirmoqda


2025-yilning 13-15-may kunlari CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida
respublikadagi yoqilg‘i-energetika kompleksining eng yirik konferensiya va ko‘rgazma tadbiri - O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2025 bo‘lib o‘tadi.

Tashkilotchilar - Iteca Exhibitions xalqaro ko'rgazma kompaniyasi va uning hamkorlari ICA Eurasia Group va Congresses of Central Asia – CCA. O‘zbekiston energetika haftaligi O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va “O‘zbekneftgaz” AJ rasmiy ko‘magida o‘tkazilmoqda.

Haftalikning keng qamrovli dasturidan sanoatni rivojlantirish kun tartibi va mintaqaviy muloqotni belgilashda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qator ko‘rgazma va konferensiyalar o‘rin olgan:
  • 27- Xalqaro «O’zbekiston neft va gazi – OGU 2025» ko’rgazmasi va anjumani
  • 18- Xalqaro «Energetika, energiya tejash, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari» – Power Uzbekistan 2025» ko`rgazmasi
  • “Yashil energiya tejovchi texnologiyalar – GETCA 2025” ixtisoslashtirilgan bo‘limi
  • 5-Xalqaro energetika konferensiyasi

Haftalikning biznes dasturining asosiy qismi - va 27-xalqaro neft va gaz anjumani 5-xalqaro energetika anjumani o‘z ichiga qamrab olgan O‘zbekiston xalqaro energetika forumidir. Bu yilgi forum “Barqaror energetika uchun mintaqaviy hamkorlik” shiori ostida o‘tkazilib, o‘zgaruvchan energetika landshaftida hamkorlikka yo‘naltirilgan barqaror rivojlanish strategiyalari, innovatsion texnologiyalar va xavfsiz energiya ishlab chiqarish masalalarini muhokama qilish uchun samarali platforma hisoblanadi.

Forumning uch kunlik kun tartibidan vazirlar va ekspertlar muloqotlari, yalpi majlis, xalqaro ekspertlar ishtirokidagi panel va texnik sessiyalar o‘rin olgan.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Atrof-muhitni muhofaza qilish va “yashil iqtisodiyot” yili” deb e’lon qilingan joriy yilda katta amaliy va mazmuniy ahamiyatga ega “yashil energetika” masalalariga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Mamlakatimizda sohaning eng muhim konferensiya va ko‘rgazma tadbirlaridan biri bo‘lgan “O‘zbekiston energetika haftaligi” yoqilg‘i-energetika kompleksining ikki asosiy tarkibiy qismi – uglevodorodlarni qazib olish va elektroenergetika sohasiga oid tadbirlarni uzviy birlashtirdi. Haftalik ko‘rgazmalarida taqdim etilayotgan uskunalar va texnologiyalarning maqsadi yoki tadbirning amaliy qismi - anjumanlar mavzulari – tadbirning ilmiy-amaliy tarkibiy qismi bilan chambarchas bog‘liq. Forum doirasida yetakchi xalqaro ekspertlar va soha flagmanlari barqaror rivojlanish strategiyalari, ilg‘or texnologiyalar va ertangi kunning xavfsiz energetikasini muhokama qiladilar. Shunday qilib, Haftalik nazariya va amaliyot, innovatsiya va tajriba, sanoat va biznes rahbarlari o'rtasidagi muloqotning sinergiyasini ta'minlaydi.

Energetika haftaligining birlashgan ekspozitsiyasi 465 ta kompaniya va brendlarni, 90 ta spiker va 1 420 delegatni bir maydonda birlashtiradi. Tadbir ishtirokchilari geografiyasi 34 davlatni qamrab oladi: Afg'oniston, AQSh, Avstriya, BAA, Belarus Respublikasi, Buyuk Britaniya, Daniya, Eron, Frantsiya, Germaniya, Gruziya, Hindiston, Italiya, Koreya Respublikasi, Litva, Malayziya, Monako, Niderlandlar, Norvegiya, Ozarbayjon, Polsha, Qirg'iziston, Qozog'iston, Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Slovakiya, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston, Xitoy, Yaponiya, O'zbekiston.

Hozirgi vaqtda “yashil iqtisodiyot”ga yakuniy o‘tish global, mintaqaviy va mamlakat miqyosida ko‘p yillik davomiy faoliyat va moliyaviy inyeksiyalarni talab qilayotgan bir paytda uglevodorodlardan foydalanish iqtisodiyotning barqaror faoliyat yuritishi va butun insoniyat hayotida muhim rol o‘ynashda davom etmoqda. O‘zbekiston neft-gaz sanoati iqtisodiy o‘sishning strategik omili bo‘lib, ishlab chiqarish va birinchi navbatda yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarning barqaror o‘sishini ta’minlamoqda. Shu bilan birga, soha korxonalarini modernizatsiya va texnologik yangilash, energiya samaradorligini oshirish va uglerod izini kamaytirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘z faoliyatini 1997-yilda boshlagan “O‘zbekiston neft va gazi – OGU” xalqaro ko‘rgazma va anjumani juda qisqa vaqt ichida sohaning asosiy ko‘rgazma tadbiriga aylandi, uning atrofida turdosh tarmoqlar bo‘yicha ko‘rgazma va konferensiyalar o‘tkazish orqali O‘zbekiston energetika haftaligi shakllandi. Hozirda OGU mutaxassislar va davlat va tijorat tuzilmalari vakillarini innovatsiyalar, eng zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan tanishtirish, yetakchi ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilar bilan bevosita muzokaralar olib borish uchun samarali platforma hisoblanadi.

Bu yilgi Energetika haftaligi tadbirlari Bosh homiy “O‘zbekneftgaz” AJ boshchiligidagi homiylar va hamkorlarning nufuzli tarkibi bilan ifodalanadi: Acwa Power, Masdar, Honeywell UOP, ГК «Росатом», Ural Steel (Уральская сталь), ЕМК Steel, ГД ИНТИ, Бурсервис, TECHENERGY, XP Group (Xpert Petroleum France SAS), UzAssystem, Topsoe, Air Products, Schlumberger (SLB), Rosen Group.

“O‘zbekneftgaz” AJ birlashgan stendda 10 ta yirik qazib olish, qayta ishlash va gaz-kimyo korxonalarini namoyish etadi.

Homiy kompaniyalar ekologik toza vodorod, energiyani saqlash va chiqindilarni kamaytirish, kam uglerodli generatsiya, burg'ulash, po'lat va quyma temir quvurli mahsulotlar va boshqa innovatsiyalar sohasidagi texnologiyalarni taqdim etadilar.

Germaniya va Turkiya milliy pavilyonlar bilan, Belarus Respublikasi, Italiya, Xitoy, Koreya Respublikasi va Rossiya jamoaviy stendlar bilan ishtirok etadi.

Germaniya milliy stendida neft va gaz uskunalari, jumladan, nasoslar, nazorat hisoblagichlari, energetika, neft va gaz neft-kimyo sanoati uchun innovatsion yechimlar, kompressorlar, o‘lchash transformatorlari, gaz dvigatellari taqdim etadigan 14 ta kompaniya o‘rin olgan.

Bu yil Xitoylik 59 ta kompaniya tadbirda ishtirok etmoqda. Lyaonin provintsiyasi kollektiv stendi raqamli texnologiyalar, energiya tejash, injiniring bo’yicha yechimlar, kompressorlar, neftni qayta ishlash va jarayonlarni avtomatlashtirish uskunalarini namoyish etadi. Eng yirik kompaniyalar orasida - Liaoning North Air Separation Equipment Manufacturing Co.Ltd, North Air Seperation International Trade Co.,Ltd, Shengong Pump (Shenyang) Group Co.,Ltd, Lixin Valve Group Co.,Ltd, Liaoning Yida Petroleum Engineering Co., Ltd.

Rossiya Federatsiyasidan 28 ta kompaniya, jumladan, Газпром, Росатом, Северсталь, Уральская сталь, Татнефть, Бурсервис, ЕМК Steeltrade, Perm viloyati qo'shma stendi, Kareliya Respublikasi stendi kabi yirik kompaniyalar ko’rgazmada ishtirok etadi. Boshqirdiston Respublikasining jamoaviy stendida neft va gaz uskunalariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan 6 ta kompaniya o’z xizmatlarini namoyish etadi.

CIUZ (Italiya-Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi) ning anʼanaviy jamoaviy stendining 7 kompaniyasi mutaxassislarni nasos uskunalari, kompressorlar va jihozlarga texnik xizmat koʻrsatish bilan tanishtiradi.

Koreya Respublikasining jamoaviy stendidagi 6 kompaniya neft va gaz sanoati, elektr stansiyalar, qayta tiklanadigan energiya manbalari uchun o’lchash transformatorlari, quyma smola komponentlari va qattiq izolyatsiyalangan shinalar, shuningdek, avtomatlashtirilgan qadoqlash mashinalari, shlanglar, po‘lat va quvur mahsulotlar hamda gidravlik tizimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar (27 kompaniya), “O‘zbekneftgaz” AJ stendi korxonalaridan tashqari, neft-gaz hamda nazorat-o‘lchash uskunalari, uskunalarga texnik servis ko‘rsatish xizmatlarini namoyish etadilar.

10 ta mahalliy kompaniyaning debyut ishtirokini alohida qayd etmoqchimiz: Andijon elektrotexnika zavodi (elektr va issiqlik qurilmalari), Antares-Investment (sanoat asboblari va uskunalari), East Technic (oqimlarni boshqarish yechimlari), Gigant Pro Engineering (sanoat asbob-uskunalari va asboblarini yetkazib berish), Irvis-Meters (ultratovushli sanoat gaz va oqim o'lchagichlar), Kimyo Technologiya (analitik va o'lchash uskunalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish), Metrolog (metrologiya uskunalari), Yangi Format-Toshkent (shaxsiy himoya vositalari), Propower, Spart Sistem (oqim va sathni o'lchash uchun asboblar).

Doimiy ishtirokchilar – Ozarbayjon Respublikasi Davlat neft kompaniyasi, 3X Engineering S.A.M. (Monako), Eagle Burgmann Endustriyel Sizdirmazlik San. va Tic. Ltd. Sti (Turkiya), Panama Engineers Ltd (Hindiston), CIUZ (Italiya), Rosen (Niderlandlar).

Har bir suveren davlat, bir vaqtning o‘zida ekologik me’yorlarga rioya qilgan holda, energiya resurslaridan arzon narxlarda barqaror va uzluksiz foydalanish orqali o‘zining energetik xavfsizligini ta’minlashga intiladi. O‘zbekistonda bu masalaga ustuvor e’tibor qaratilmoqda. Asosiy yo‘nalishlar - energiya manbalarini diversifikatsiya qilish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etishdan iborat.

Qayta tiklanadigan energetikani faol rivojlantirish bilan bir qatorda (2030-yilga borib, uning umumiy ishlab chiqarish hajmidagi ulushini 25 foizga yetkazilishi nazarda tutilmoqda) mamlakatimizda mavjud energetika obyektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Ularda texnologik yangilanish ishlari olib borilmoqda, energiya samaradorligi oshirilmoqda, raqamli yechimlar faol tatbiq etilmoqda.

Shu nuqtai nazardan, energetika sohasidagi eng ilg‘or texnologiya va innovatsiyalarni namoyish etayotgan “Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2025” 18-xalqaro ko‘rgazmasi ushbu strategik ahamiyatga ega sohani yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. “Yashil energiya texnologiyalari – GETCA 2025” ixtisoslashtirilgan boʻlimida muqobil energiya uchun innovatsiyalar va eng soʻnggi texnologik yechimlar taqdim etiladi.

Turk kompaniyalari qatorasiga to'rtinchi yil Milliy pavilyon formatida ishtirok etmoqda, uning tarkibiga quyidagi kompaniyalar kiradi: Kontrolmatik Teknoloji Enerji Ve Muhendislik A.S., Turk Prysmian Kablo Ve Sistemleri A.S., Rota Muhendislik Ve Enerji Sistemleri A.S., Europower Enerji Ve Otom Tekn. San. Tic. A.S., Eae Elektrik Asan. End. Ins. San. Ve Tic. A.S., Mimsan Endustri Kazanlari A.S., Iggnita Makine Sanayi Ve Ticaret A.S.

Rossiya Federatsiyasining Moskva oblasti kollektiv stendi quyidagi kompaniyalarni taqdim etadi: М-Конструктор - temir-beton buyumlar ishlab chiqarish uchun metall qoliplar va uskunalarning yetakchi ishlab chiqaruvchisi, "Техносвар КС" - kontaktli payvandlash uchun uskunalar va ehtiyot qismlar va payvandlash jarayonlarini avtomatlashtirish, ВЛКЗ (Velikiye Luki) - kabel ishlab chiqarish.

Qayta tiklanadigan energiya sohasida asbob-uskunalar va texnologiyalarni namoyish etadigan Xitoy kompaniyalarining an'anaviy ravishda keng ishtirok etishini ta'kidlamoqchimiz: Tongwei Co., Ltd., Solax Power Network Technology (Zhejiang) Co. , Ltd., Jinko Solar, Longi Solar Technology Co., Ltd, Boshida Group Co.,Ltd, Hopewind Electric Co.,Ltd. Suntree va ko’plab boshqalar.

Mahalliy kompaniyalar orasida elektr energetikasi sohasida yechimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, bozorda 18 yildan ortiq tajribaga va 8 ta bo'linmaga ega Nura Group kompaniyasi ishtirok etmoqda. “Oʻzelektroapparat-Electroshield, JSC” energetika, sanoat, transport, qishloq xoʻjaligi va harbiy-sanoat kompleksi uchun elektr jihozlarini, “Techno Cable Group LLC” - kabel va sim mahsulotlarini ishlab chiqaradi, “Akkuenergo, LLC” - energiya taʼminoti sohasida kompleks yechimlar, jumladan, yetkazib berish, ishga tushirish, sanoat elektr jihozlariga kafolat va xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadi. Electro Max Group, PC – CNC Electric kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutoridir, Tavrida Electric - xalqaro elektrotexnika xolding kompaniyasi bo‘lib, 6–35 kV podstansiyalar, kommutator qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha kompleks aqlli yechimlarni, shuningdek, 35 kVgacha (shu jumladan Smart Grid loyihalari) taqsimlash tarmoqlari ishonchliligini oshirish bo‘yicha yechimlarni taklif etadi.

Haftalik dasturi, shuningdek, B2B va В2G qator uchrashuvlarini va ikki tomonlama hujjatlarni imzolashni o'z ichiga qamrab oladi. “O‘zbekneftgaz” AJ homiyligida “Youth Energy Section” Yoshlar energetika bloki shiori ostida birlashtirilgan qator ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan. Tadbirlar xakaton, “Zakovat” intellektual o‘yini, energetika sohasidagi texnologiyalar va startaplar tanlovi, biznes-viktorina, energiya samaradorligi mavzusida rasm chizish tanlovlarini o‘z ichiga qamrab oladi va an’anaviy tarzda Haftalikning ajralmas qismi hisoblanadi. Joriy yilda barcha tadbirlar bir platformada o‘tkazilmoqda, bu esa O‘zbekiston energetika sohasini barqaror rivojlantirishga qaratilgan samarali muloqot, ekspert tajribasi, innovatsiya va biznes, muzokaralar va qo‘shma qarorlar muhitini birlashtirish imkonini beradi.

Rasmiy ko’mak:
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat qo‘mitasi
  • O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
  • O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
  • "O'zbekneftgaz" AJ
  • O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
KO‘RGAZMANING HOMIYLARI VA HAMKORLARI:


Tashkiliy ko'mak

Bosh informatsion hamkor:

Hamkor:

Rasmiy transport-logistika hamkori:

Texnik hamkor:

Internet-hamkor:


Qo'shimcha ma'lumot uchun Iteca Exhibitions matbuot xizmatiga murojaat qiling
Tel: + (998 71) 205 18 18
E-mail: pr@iteca.uz; www.iteca.uz